Biznesingiz uchun raqamli yechimlar yaratamiz
SwiftCore — veb-saytlar, mobil ilovalar, CRM/ERP tizimlari, Telegram botlar va AI yechimlarini ishlab chiqadigan IT kompaniya. G'oyangizni 2-4 hafta ichida ishlaydigan mahsulotga aylantiramiz.
Biz ishlaydigan texnologiyalar
Biznesingiz uchun to'liq IT yechimlar
G'oyadan tortib ishga tushirish va qo'llab-quvvatlashgacha — mahsulot yaratishning to'liq siklini bir jamoada taqdim etamiz.
So'nggi loyihalarimiz
Har bir loyihada bitta maqsad — mijoz biznesiga o'lchanadigan foyda keltirish. Mana ba'zi natijalar.

UZEX Monitoring
UZEX uchun paxta yetishtiruvchilar monitoringi va analitik dashboard: 18 tashkilot va bank ma'lumotlari Data Warehouse asosida birlashtirilgan.
Qaysi sohalarda ishlaymiz
Har bir sohaning o'z qonuniyatlari bor. Biz ularni tushunamiz va sohaga mos yechim taklif qilamiz.
Fintex va to'lovlar
To'lov tizimlari, tranzaksiya tahlili va moliyaviy platformalar.
Savdo va ritel
Onlayn do'konlar, marketplace-lar va ombor tizimlari.
Logistika
TMS tizimlari, GPS-monitoring va yetkazib berish avtomatizatsiyasi.
Ta'lim
LMS platformalar, onlayn kurslar va o'quv markazlari uchun CRM.
Tibbiyot
Klinika boshqaruvi, onlayn qabul va telemeditsina yechimlari.
Korporativ sektor
ERP, hujjat aylanmasi va ichki jarayonlar avtomatizatsiyasi.
Loyiha qanday amalga oshadi
Shaffof jarayon: har bosqichda nima bo'layotganini bilasiz, natijani har hafta ko'rasiz.
Tahlil va reja
Biznes maqsadlaringizni o'rganib, texnik topshiriq va aniq smeta tuzamiz.
3-5 kunUI/UX dizayn
Prototip va dizayn maketlarini tayyorlaymiz — kod yozishdan oldin natijani ko'rasiz.
1-2 haftaDasturlash
Haftalik sprintlarda ishlaymiz, har hafta yangi funksiyalarni namoyish qilamiz.
2-8 haftaTestlash
Qo'lda va avtomatik testlar bilan mahsulotni har tomonlama tekshiramiz.
3-7 kunIshga tushirish
Serverga joylashtiramiz, monitoring sozlaymiz va jamoangizni o'qitamiz.
1-3 kunBizni tanlash uchun 6 ta sabab
Shunchaki kod yozmaymiz — biznesingiz o'sishiga hissa qo'shadigan texnologik hamkor bo'lamiz.
Tezkor start
Birinchi ishlaydigan versiya 2-4 hafta ichida — oylab kutmaysiz.
Sifat kafolati
Kod-review, avtotestlar va 3 oygacha bepul xatolarni tuzatish kafolati.
Ochiq muloqot
Shaxsiy menejer, haftalik hisobotlar va savollarga 1 soat ichida javob.
Shaffof narxlar
Smeta loyiha boshida kelishiladi — jarayonda kutilmagan to'lovlar yo'q.
Tajribali jamoa
Senior va middle darajadagi mutaxassislar — o'rganuvchilar emas.
Doimiy hamkorlik
Loyiha topshirilgach ham qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda yoningizdamiz.
Mijozlarimiz biz haqimizda
Eng yaxshi baho — mijozlarning natijalari va ularning so'zlari.
“SwiftCore jamoasi asosiy saytimizni va carrier portalimizni ishlab chiqdi. Narx so'rovlari endi avtomatik keladi, tashish operatsiyalari esa yagona portalda boshqariladi. Jarayon davomida muloqot juda aniq va tezkor bo'ldi.”
“Pre-Test platformasi o'quvchilarimizga IELTS'ga onlayn tayyorlanish imkonini berdi. Jamoa test logikasi va baholash tizimini mukammal amalga oshirdi, muddatlarga qat'iy rioya qildi.”
“E-commerce ilovamiz Play Store va App Store'da muvaffaqiyatli ishlayapti. Mijozlarimiz buyurtmani to'g'ridan-to'g'ri ilovadan beradi, loyalty ballar esa qayta xaridlarni sezilarli oshirdi.”
“Savdo, moliya va HR ko'rsatkichlarimiz endi bitta dashboardda jamlangan. Ilgari kunlab vaqt ketadigan hisobotlar endi bir necha daqiqada tayyor bo'ladi.”
Ko'p so'raladigan savollar
Loyiha boshlashdan oldin eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Oddiy landing sahifa — 1-2 hafta, korporativ sayt — 3-4 hafta, CRM yoki mobil ilova — 1,5-3 oy. Aniq muddat texnik topshiriq kelishilgach belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.