ERP va avtomatlashtirish
Excel-jadvallar va tarqoq dasturlardan yagona tizimga o'ting. Ombor hisobi, moliya, ishlab chiqarish, kadrlar — barcha bo'limlar bitta tizimda sinxron ishlaydi. 1C va boshqa mavjud tizimlar bilan integratsiya qilamiz.
Qog'ozbozlik va qo'lda hisob-kitoblar o'rniga — avtomatik jarayonlar va aniq raqamlar.
Bu xizmat doirasida nimalar qilamiz
Ombor va inventar
Mahsulot harakati, qoldiqlar va inventarizatsiya real vaqtda.
Moliya moduli
Kirim-chiqim, hisob-fakturalar va moliyaviy hisobotlar avtomatik.
1C integratsiya
Mavjud buxgalteriya tizimlari bilan ikki tomonlama ma'lumot almashinuvi.
Jarayonlar nazorati
Har bir bo'lim ishini bitta boshqaruv panelidan kuzatish.
Loyiha qanday amalga oshadi
Shaffof jarayon: har bosqichda nima bo'layotganini bilasiz, natijani har hafta ko'rasiz.
Tahlil va reja
Biznes maqsadlaringizni o'rganib, texnik topshiriq va aniq smeta tuzamiz.
3-5 kunUI/UX dizayn
Prototip va dizayn maketlarini tayyorlaymiz — kod yozishdan oldin natijani ko'rasiz.
1-2 haftaDasturlash
Haftalik sprintlarda ishlaymiz, har hafta yangi funksiyalarni namoyish qilamiz.
2-8 haftaTestlash
Qo'lda va avtomatik testlar bilan mahsulotni har tomonlama tekshiramiz.
3-7 kunIshga tushirish
Serverga joylashtiramiz, monitoring sozlaymiz va jamoangizni o'qitamiz.
1-3 kun